Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti (SamDAQU) 1966-yilda Toshkent zilzilasidan keyin Markaziy Osiyoda arxitektura va qurilish mutaxassislari tayyorlash maqsadida tashkil etilgan, 1967-yilda Mirzo Ulug'bek nomi berilgan. 4 ta fakultet (arxitektura, qurilish, muhandislik kommunikatsiyalari, qurilishni boshqarish), 25 ta kafedra faoliyat yuritadi. 500 dan ortiq professor-o'qituvchi ishlaydi, ularning 30 foizdan ortig'i ilmiy daraja va unvonga ega. 2 750 yillik tarixga ega Samarqand shahridagi noyob me'moriy yodgorliklar institutning amaliy ta'lim bazasi hisoblanadi.
Xodimlar topilmadi
Hali fikr bildirilmagan