Qarshi davlat universiteti
Qarshi davlat universiteti (QarDU) 1945-yil 1-sentyabrda Buxoro birlashgan pedagogika institutining Qarshi filiali sifatida tashkil topgan, 1992-yil 28-fevralda Prezident farmoni bilan universitet maqomiga erishgan. 13 ta fakultet, 45 ta kafedra mavjud, 17 000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda, 65 ta bakalavriat va 26 ta magistratura yo'nalishi bo'yicha mutaxassislar tayyorlanadi. 70 dan ortiq xalqaro ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi.
Hali fikr bildirilmagan